Yangiliklar

Rahbar image

Abituriyentlarga eslatma!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

Qarorning 13-bandi beshinchi xatboshisida 2022/2023 o‘quv yilida Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlashi belgilab qo‘yilgan.

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan talabalar 2022/2023 o‘quv yilida o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlaydi:

Bakalavriatura (kunduzgi):

  1. 60110100 - Pedagogika
  2. 60110200 - Maktabgacha ta’lim
  3. 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
  4. 60110600 - Matematika va informatika
  5. 60110700 - Fizika va astronomiya
  6. 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
  7. 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  8. 60111300 - Musiqa ta’limi
  9. 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
  10. 60111500 - Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
  11. 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
  12. 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  13. 60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  14. 60112200 - Jismoniy madaniyat
  15. 60112200 - shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha
  16. 60112300 - Texnologik ta’lim

Bakalavriatura (sirtqi):

  1. 60110600 - Matematika va informatika
  2. 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  3. 60110100 - Pedagogika va psixologiya
  4. 60111300 - Musiqa ta’limi
  5. 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
  6. 60110200 - Maktabgacha ta’lim
  7. 60112200 - Jismoniy madaniyat
  8. 60112300 - Texnologik ta’lim
  9. 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Magistratura:

  1. 70110102 - Pedagogika va psixologiya
  2. 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  3. 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  4. 70110602 - Ta’limda axborot texnologiyalari
  5. 70111001 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
  6. 70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  7. 70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
  8. 70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)